21:10 / 10.09.2017
10027

A Seriya. «Milan» 4ta gol o‘tkazib yutqazdi

Italiya chempionatining 3-turida «Latsio» «Milan» bilan o‘ynadi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi - 4:1.

Rimliklar safida Chiro Immobile het-trik muallifi bo‘ldi, yana bir gol Luis Alberto hisobiga yozildi. «Milan»ning yagona javob goli Rikkardo Montolivo tomonidan urildi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda «Latsio» yarim himoyachisi Marko Parolo ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.

Endilikda «Latsio» 7 ochkosi bilan turnir jadvalida uchinchi o‘ringa joylashgan, «Milan» 6 ochko bilan 6-o‘rinda.

Italiya chempionati, 3-tur
Latsio – Milan 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 38, penalti Immobile, 2:0 – 43 Immobile, 3:0 – 48 Immobile, 4:0 – 49 Luis Alberto, 4:1 – 56 Montolivo.
Latsio – Strakosha, de Vrey, Radu (Luis Felipe, 80), Basta, Uolles (Bashtush, 15), Luis Alberto, Lulich (Lukaku, 65), Milinkovich-Savich, Parolo, Leyva, Immobile.
Milan – Donnarumma, Musakko, Rodriges, Kalabriya, Bonuchchi, Montolivo, Bigliya, Suso (Bonaventura, 74), Kessie, Borini (Kalinich, 56), Kutrone (Chalxono‘g‘li, 56).
Ogohlantirishlar: Lulich (58), Parolo (70), Bonaventura (88).
Chetlatish: Parolo (90).

Top