12:24 / 10.09.2017
13282

Floridaga yaqinlashayotgan "Irma" dovuli to‘rtinchi darajaga ko‘tarildi

Foto: © AFP 2017

Floridadagi Florida-Kis arxipelagiga tobora yaqinlashib kelayotgan "Irma" dovuli to‘rtinchi darajagacha kuchaydi. AQSh Milliy dovullardan ogohlantirish markazi shu haqida xabar berdi.

Bundan avval "Irma"ning uchinchi darajaga pasaygani haqida ma'lum qilingan edi, u Kubaning shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab harakatlanishda davom etmoqda. 

"Quyi arxipelagga yaqinlashayotgan "Irma" dovuli endi to‘rtinchi darajaga ko‘tarildi", - deyiladi markaz xabarida. Ta'kidlanishicha, dovul shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda soatiga 9 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Shamolning maksimal tezligi soatiga 210 kilometrga yetishi mumkin. Hozirgi vaqtda dovul Floridadagi Ki-Uest shahrining janubi-sharqidan taxminan 115 kilometr masofada kuzatilmoqda. 

Hozirga kelib dovuldan jabrlangan hududlardan minglab kishilar evakuatsiya qilingan. AQSh milliy gvardiyasi xabariga ko‘ra, oroldagi odamlar mamlakat mudofaa vazirligi aviatsiyasi tomonidan olib chiqilgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, "Irma" avgust oxirida kuzatilgan "Xarvi" dovulidan-da kuchli. Floridaning 6,3 million aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Shamol kuchidan shtatdagi 76 mingdan ziyod aholi elektr ta'minotisiz qolgan. 

Mavzuga oid
Top