Bugun, 10 sentabr kuni Toshkentning Amir Temur xiyobonida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarlar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o'tkazildi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar beradi.

Shu kuni 150 nafar inspektorga imtiyozli ravishda berilayotgan shaxsiy avtomashinalar kaliti hamda xizmat uylari topshirildi. 

Marosimda hukumat a`zolari, Vazirlik rahbariyati, davlat boshqaruv organlari, jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlarining oila a`zolari va yaqinlari ishtirok etishdi.

Qasamyod qabul qilish marosimi yakunlanganidan so'ng, Vazirlik rahbarlari tabrik uchun so'zga chiqishdi. 

Marosim so'ngida barcha inspektorlarga yengil mashina kalitlari tantanali ravishda taqdim etildi. Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 20 apreldagi qaroriga muvofiq, profilaktika inspektorlariga o'zlari xizmat qilayotgan hududdan oila a`zolari bilan yashashi uchun xizmat uylari ham ajratildi. 

Marosimdan tayyorlangan maxsus fotoreportajni tomosha qiling.