23:46 / 10.09.2017
5196

Gretsiya sohillari yaqinida mazut olib ketayotgan tanker cho‘kib ketdi

Gretsiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati Atalanti oroli yaqinida mazut olib ketayotgan tanker cho‘kib ketganini ma'lum qildi. Bu haqda xizmatning saytida xabar qilingan.

Ta'kidlanishicha, cho‘kkan kema “Agiya Zoni II” 11763 2,2 ming tonna mazut va 370 tonna dengiz gazoylini olib ketayotgan bo‘lgan.

Oqibatda neft mahsulotlarining dengizga to‘kilishi yuz bergan. Ayni vaqtda mutaxassislar suvning ifloslanishini bartaraf etish bilan shug‘ullanishmoqda.

Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati tanker ekipajining 11 a'zosidan 2 nafarini kemadan evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan. Qolganlar evakuatsiyasi davom etmoqda.

Top