19:40 / 10.09.2017
5936

Misrda otishma oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Misrning Giza shahrida xavfsizlik kuchlari va qurollangan shaxslar o‘rtasida otishma yuz berdi. Buning oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, yana 5 politsiyachi jarohat olgan. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar bermoqda. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, otishma xavfsizlik kuchlari xodimlarining Gizadagi xonadonlardan biriga hujumi oqibatida chiqqan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari 2 nafar qurollangan shaxsni ushlashga muvaffaq bo‘lishgan. 

Operatsiya tafsilotlari oshkor qilinmagan.

Mavzuga oid
Top