18:39 / 11.09.2017
12370

Mo‘ynoqda 1 mlrd 700 mln so‘mga qurilgan Dehqon bozori foydalanishga topshirildi

Foto: Kruz.uz

Mo‘ynoq tumanida yangidan qurib bitkazilgan Dehqon bozori foydalanishga topshirildi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
 
3 oy ichida qurilish smeta bahosi 1 milliard 700 million so‘mlik 40 yopiq, 60 ochiq o‘rinli, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur bozorning ochilish marosimida tuman hokimi S.Daniyarov chiqish qildi.

Shuningdek, marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi S.Turmanov,  "O‘ztransgaz" aksionerlik kompaniyasi rahbarining o‘rinbosari A.Amanov va boshqalar so‘zga chiqib, tuman ahlini tabriklashdi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Mo‘ynoq tumanida 77 loyiha bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar ketma-ket amalga oshirilmoqda. 

Top