12:43 / 11.09.2017
33384

«Real» – «Barselona» o‘yini vaqti ko‘chirildi

Foto: Marca

Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida «Real» va «Barselona» o‘rtasida 20 dekabr kuni o‘tkazilishi belgilangan uchrashuv vaqti o‘zgardi.

Bunga madridliklar klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishi sabab bo‘ladi. Endi bu uchrashuv vaqti 23 dekabr kuniga ko‘chirilgan.

Klublar o‘rtasidagi xalqaro turnir 6 dekabrdan 16 dekabrga qadar BAAda bo‘lib o‘tadi. Madrid klubi o‘yin vaqtini ko‘chirishni so‘rab, murojaat qilgan.

Mavzuga oid
Top