16:40 / 11.09.2017
16229

Saakashvili nima uchun Ukrainaga qaytib kelganini aytdi

Foto: RIA "Novosti"

Gruziya sobiq prezidenti, Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili nima uchun Ukrainaga qaytib kelganini tushuntirib berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolikdan mahrum etish haqidagi qarorga qarshi sudga e'tiroz bildirmoqchi hamda Ukraina kelajagi uchun kurashni davom ettirmoqchi.

«Men Ukrainadagi uyimga qaytishimga sabab – birinchidan, sudga borib, o‘z huquqlarimni himoya qilmoqchiman. Yevropadagi bir necha davlatlar menga fuqarolikni taklif qildi, biroq Ukrainaga qaytdim, sababi bu xalqni juda hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman. Agar lozim bo‘lsa, bu qahramon xalq uchun o‘z hayotimni berishga tayyorman», - dedi Saakashvili.

Avvalroq Mixail Saakashvili Ukrainada 5 yilga qamalishi mumkin ekani xabar qilingandi.

Top