23:29 / 11.09.2017
11210

Tramp: dunyo 11 sentabrdagi teraktlardan keyin o‘zgardi

Foto: news-front.info

Butun jahon hamjamiyati 2001 yil 11 sentabrdagi teraktlardan keyin o‘zgardi, deb aytdi AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagondagi motam marosimidagi nutqida.  

“Amerikaga hujum qilinganda butun dunyo o‘zgardi. Bu Pyorl-Xarbordan keyin davlatimizga uyushtirilgan eng qaqshatqich hujum bo‘ldi. O‘sha uni nafaqat dunyo, balki bizlarning barchamiz o‘zgardik. Biz yovuzlikning eng tubiga duch keldik. Bizni yangi maqsad birlashtirdi. Biz 11 sentabrdagi terakt qurbonlari xotirasini yod etamiz va odamlarimiz xavfsizlikda bo‘lishi uchun barcha zarur ishni qilishda qat'iyligimizni aytamiz”, dedi Tramp. U 2001 yil sentabridan beri terrorchilikka qarshi kurashda 7 ming amerikalik harbiy halok bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Tramp teraktlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar oilalariga murojaat qilib, “butun mamlakat siz bilan birga qayg‘uda”, deb aytdi. «Bizga hujum qilgan terrorchilar bizda qo‘rquv uyg‘otish va irodamizni kuchsizlantirish mumkin deb o‘ylaganlar, biroq Amerikani qo‘rqitib bo‘lmaydi. Buni qilmoqchi bo‘lganlar esa tor-mor qilingan dushmanlarimizning uzun ro‘yxatiga qo‘shiladi. Biz dushmanlarimiz Yer sharining biror bir nuqtasida bizdan yashirina olmasligiga kafolat beramiz”, deb qo‘shimcha qildi Tramp. AQSh prezidentining aytishicha, Amerikani “egallash va sindirish mumkin emas”. “Biz istalgan dushmanni yengamiz, yo‘limizdagi istalgan to‘siqdan kecha olamiz. Bizning qadriyat dosh bera olishlikdir. Biz qiyinchiliklarga duch kelganimizda, birlashib, kuchliroqqa aylanamiz”, deb aytgan Tramp.

Qurbonlar xotiralariga gulchambarlar qo‘yish marosimi Pentagon yonida samolyot qulagan joydagi haykal poyida bo‘lib o‘tdi. 

16 yil muqaddam “Al-Qoida” terrorchilik guruhining 19 jangarisi 4 ta yo‘lovchi samolyotini bosib olgan. Samolyotlardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazining minoralariga, yana bittasi Pentagon binosiga hujumni amalga oshirish uchun yo‘llangan. Yana bitta samolyot Vashington tomon yo‘nalayotganda, Shenksvill shahrida falokatga uchragan. 

Ushbu teraktlar oqibatida 2977 kishi, jumladan 72 politsiyachi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top