09:18 / 11.09.2017
10038

VERO quvurlari endi Qozog‘istonda

Foto: veropipe.uz

O‘zbekistonning “VERO” quvurlar markasi Qozog‘iston bozoridagi ulushini kengaytirish maksadida 5-8 sentabr kunlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan "Aqua Therm Almaty-2017" ko‘rgazmasida ishtirok etdi. 

Ko‘rgazmada  100 dan ortiq mamlakat vakillari muntazam qatnashib keladi. Ta'kidlash joizki, VERO savdo belgisi ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi va bir nechta xalqaro kelishuvlar imzolandi.

Barcha uy qurish yoki uni ta'mirlash vaqtida sifatli, chidamli qurilish materiallaridan foydalanishni istaydi. Sinalgan texnika yillar o‘tgandan keyin ham yoqimsiz tashvishlarni keltirib chiqarmaydi. Quvurlar esa uyning ta'mirlanishida muhim va asosiy o‘rin tutadi, zero aksariyat ko‘pchilik uyini ta'mirlashni aynan quvur o‘rnatish yoki ularni yangilashdan boshlaydi. 

Foto: veropipe.uz

Hozirgi kunda MASTER kompaniyasi negizida asos solingan VERO savdo brendi ostida polivinilxlorid (PVX), polipropilen-random (PPR) dan yangi zamonaviy plastik quvurlar, kanalizatsiya quvurlari va ularga kerak bo‘ladigan drenajlar hamda qo‘shimcha aksessuarlar ishlab chiqarilmoqda. 

Bugungi kunda kompaniya mahsulotlari Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston mamlakatlariga eksport qilinadi. 

Foto: veropipe.uz

VERO quvurlari sifati va chidamliligi xorij sifati bilan bemalol bellasha olmoqda. Narxning sifat bilan mutanosibligi esa mahsulotga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.  Buning isboti o‘laroq mahsulotga bo‘lgan talabning nafaqat O‘zbekistonda balki eksport geografiyasida ham o‘z aksini topayotganligidir.

Foto: veropipe.uz

Jahon standartlariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan VERO quvurlar tizimi izolyatsiya, ta'mirlash, qayta ishlov berish uchun ortiqcha xarajatlar talab qilmaydi. 

Foto: veropipe.uz
Foto: veropipe.uz

Kompaniya faoliyati haqida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling: 
Toshkent shahri, Chorbog‘ ko‘chasi, 27 uy. 
Sayt: www.vero.uz  
E-mail:  veropipe@yandex.ru
Telefon: +998(71)129-04-44

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top