AQShning davlat qarzini ko'rsatuvchi Nyu-Yorkda o'rnatilgan tablo AQShning qarzi tarixda ilk bor 20 trln dollardan oshib ketgandan keyin olib tashlandi.

8 sentabrda real vaqtda AQShning davlat qarzini ko'rsatuvchi tablodagi yozuv 20 trln dollarga yetgandi. 

© Commons.wikimedia/ Valugi

“RIA Novosti” axborot agentligi muxbirining ma`lum qilishicha, Manxettenda joylashgan tablo 12 sentabrda olib tashlangan. Taxmin qilinishicha, tablo displeyini texnik tomondan takomillashtirish uchun olingan.

Foto: Sputnik / Tatyana Lukyanova

8 sentabrda AQSh prezidenti Donald Tramp kongress tomondan ma`qullangan byudjyetni imzolab, qarzning yuqori chizig'ini 8 dekabrgacha oshirishni ma`qullagandan keyin AQSh davlat qarzi birinchi marta 20 trln dollarlik bo'sag'adan oshib ketgan. 

AQSh qarzini kuzatib boruvchi USdebtclock.org portali ma`lumotlariga ko'ra, ayni vaqtda AQSh qarzi taxminan 20,16 trln dollarni tashkil qilmoqda.