17:26 / 12.09.2017
9557

Byudjyet mablag‘larini hisobga olish va qaytarish mexanizmiga tuzatish kiritildi

Foto: Infinica.ru

Byudjyet tizimi byudjyetlari daromadlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (2017 yil 29 avgust). Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Xususan, turli ma'muriy-hududiy birlik hududida hisobga olinadigan soliq majburiyatlari bo‘yicha ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olishga taqiq joriy etildi.

Soliq organi xulosa tuzadi, moliya bo‘limi – tasdiqlaydi

Endi SKning 56- va 57-moddalariga muvofiq ortiqcha to‘langan soliqlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish uchun davlat soliq xizmati organi axborot tizimida mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risida elektron xulosa tayyorlaydi va ERI bilan tasdiqlash orqali «O‘RMV» ATga elektron tarzda yuboradi.
 
Tuman (shahar) moliya bo‘limi 1 kun mobaynida uni ko‘rib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq xulosada ko‘rsatilgan mablag‘larni qaytarish yoki hisobga olishga e'tirozlari bo‘lmaganida xulosani tasdiqlaydi, e'tirozlar bo‘lganida esa, sababini ko‘rsatgan holda qaytaradi.
 
Tuman (shahar) moliya bo‘limlari tomonidan «O‘RMV» ATda tasdiqlangan xulosalar tegishli g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xulosada ko‘rsatilgan daromad shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan joriy tushumlar hisobidan qaytarish yoki hisobga olish uchun 1 ish kuni muddatida ijroga qabul qilinadi.
 
Ma'muriy va iqtisodiy sudlarning jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ortiqcha to‘langan davlat bojini qaytarish bo‘yicha sud qarori (ajrimi, buyrug‘i) mavjud bo‘lganda tegishli g‘aznachilik bo‘linmalariga vakolatli organ tomonidan xulosa o‘rniga sud qarori taqdim qilinadi.

Agar mablag‘lar yetarli bo‘lmasa

Alohida hollarda, agar 10 ish kuni mobaynida (ilgari 30 kun mobaynida) joriy tushumlarning yetishmasligi yoki mavjud bo‘lmaganligi sababli qaytarish yoki hisobga olish imkoniyati bo‘lmasa, ortiqcha to‘langan mablag‘ni qaytarish yoki hisobga olish tegishli byudjyetning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan amalga oshirilishi mumkin.
 
Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng mablag‘ni qaytarish yoki hisobga olish to‘g‘risidagi elektron xulosani ijro etish avtomatik tarzda to‘xtatiladi va qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha qoldiq summa:

•  EKIHning 10 000 baravaridan yuqori bo‘lgan hollarda Moliya vazirligi tomonidan «O‘RMV» ATda ma'qullangach;
•  EKIHning 10 000 baravaridan kam bo‘lgan hollarda avtomatik tarzda tegishli byudjyet mablag‘laridan (tegishli daromad turini kamaytirgan holda) qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati shakllantiriladi.
 
To‘lovnomani kim tasdiqlaydi

Byudjyet mablag‘laridan qaytarish yoki hisobga olish bo‘yicha to‘lov hujjati mablag‘lar:

•  respublika byudjyetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — Moliya vazirligi G‘aznachiligi tomonidan;
•  Qoraqalpog‘iston respublika byudjyeti, viloyat byudjyetlari va poytaxtning shahar byudjyetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — Qoraqalpog‘iston Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari tomonidan;
•  tuman va shahar byudjyetlaridan qaytarilishi lozim bo‘lsa — tuman va shahar moliya bo‘limlari tomonidan;
•  DMJ byudjyetidan qaytarilishi lozim bo‘lsa — ularni taqsimlovchi tomonidan bir ish kuni muddatida «O‘RMV» ATda ma'qullanadi.
 
Shuningdek, hujjatga ayrim boshqa o‘zgartirishlar ham kiritilgan.

Mavzuga oid
Top