13:03 / 12.09.2017
16345

Xorijliklar O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat so‘mda to‘laydi

Foto: KUN.UZ

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston mehmonxonalariga 5 sentabrdan boshlab chet ellik sayyohlarga ko‘rsatiladigan o‘z xizmatlari uchun to‘lovlarni faqat so‘mda qabul qilishlarini eslatdi. Xalqaro plastik kartalar orqali to‘lovni qabul qilish istisno bo‘ladi.

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mehmonxona va boshqa turdagi turar joylarga joylashtirish uchun to‘lov, jumladan turistik obektlar orqali ham, milliy valyutada amalga oshiriladi. Bunda xalqaro plastik kartalardan (VISA, Master Card) foydalangan holatlar istisnodir. Shu bilan birga, mehmonxonalarda mehmonxona uchun ishlatiladigan elektron tablo-kalkulyatorlardan faqat xalqaro plastik kartalar orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolarga so‘mning o‘sha paytdagi ayirboshlash kursidan kelib chiqqan holda hisoblash uchun ma'lumot olish maqsadida foydalanish mumkin. 

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi turistik faoliyatning barcha sub'yektlariga respublika fuqarolari uchun tovarlar va xizmatlar uchun narxlar hamda tariflarni asossiz oshirmaslik va joriy narxni milliy valyutada saqlab turishni tavsiya qildi. Agar u dollarning so‘mga nisbatan kursi bo‘yicha belgilangan bo‘lsa, tegishli Farmonni imzolash vaqtida amalda bo‘lgan so‘mning dollarga nisbatan kursiga ko‘ra hisoblab chiqilgan miqdordan oshib ketmasligi kerak (4210,35 so‘m).

Top