16:46 / 12.09.2017
12024

Surdotarjimon ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

Florida gubernatori Rik Skottning "Irma" dovulidan ogohlikka chaqiruvi tarmoqda misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishdi. Eng qizig‘i, shtat rahbarining o‘zi buning uchun deyarli hech nima qilmagan - surdotarjimon hammasini o‘z qo‘liga oldi, uning imo-ishoralari hech kimni befarq qoldirmadi. 

"Bu dovul halokatli xavf hisoblanadi. Evakuatsiyaga daxldor zonalarda yashovchilarning bari zudlik bilan o‘z uylarini tark etib, xavfsiz joylarga joylashishlari kerak. Darhol shunday qilish lozim, aks holda bir necha soatdan keyin kech bo‘ladi", - dedi Skott.

Bu vaqt esa gubernatorning chap tomonida turgan surdotarjimon amslen tilida (amerikacha imo-ishoralar tilida) o‘z uyini tark etmaganlarni qanday jiddiy asoratlar kutayotganini namoyish qildi. 

"Skott gapirayotgan paytda imo-ishoralar tilida so‘zlayotgan yigitni kimdir ko‘ryaptimi? Men yordam bera olmayman, biroq unga pul beraman", - deb yozdi Twitter'da iHumble nikli foydalanuvchi. Undan keyin gubernator va uning  nima deb ogohlantirganini hech kim eslamadi ham - barcha nigohlar noma'lum tarjimonga qaratilgan edi. Shuningdek ko‘pchilik keyinroq gubernatorning chiqishi tovushsiz yanada samimiy va unutilmas chiqqanini tan olishdi". 

Surdotarjimonni noodatiy imo-ishoralardan foydalanib, e'tiborni o‘ziga qaratishda ayblaganlar ham bo‘ldi. Biroq amslenda imo-ishoralarni boyitish, ularga qo‘shimcha holda bosh hamda tana holatidan foydalanish mumkin. Shunday ekan, "superqahramon" bu borada o‘z ishining uddasidan chiqdi. 

Mavzuga oid
Top