23:57 / 12.09.2017
10061

Tramp 9-marotaba bobo bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘li Erik tvitterda o‘g‘il farzandli bo‘lganini ma'lum qildi.

“Lara Tramp va men o‘g‘il farzandimiz Erik Lyuk Trampning dunyoga kelganini ma'lum qilishdan baxtiyormiz, u bugun ertalab soat 8.50da tug‘ildi”, deb yozgan Erik.

Tramp shu tariqa 9-marotaba boboga aylandi: Trampning katta o‘g‘li Kichik Donald Trampning 5 nafar, qizi Ivanka Trampning 3 nafar farzandi bor. Erik esa birinchi farzandli bo‘ldi.

 

Mavzuga oid
Top