15:35 / 12.09.2017
30897

Turkiyaning birinchi xonimi qozog‘istonliklarning mehrini qozondi (fotojamlanma)

Foto: Tengrinews

Kuni kecha Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Qozog‘istonda bo‘ldi, uning turmush o‘rtog‘i Emine Erdo‘g‘an esa Ostonaga biroz avvalroq tashrif buyurdi. Emine Erdo‘g‘an o‘g‘li Najmiddin Bilol bilan birga poytaxtning diqqatga sazovor maskanlarini ziyorat qildi, mahalliy xalq bilan uchrashdi hamda o‘zining soddadilligi va ochiqligi bilan ularning mehr-muhabbatini qozondi. Tashrifga doir suratlar Turkiya birinchi xonimining Instagram sahifasiga joylandi. 

Emine Erdo‘g‘anning oddiy qozoq ayolining qo‘lini o‘payotgan surati foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘lib ketdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu suratda keksalarga hurmat, urf-odatlar va an'analarga ehtiromni ko‘rishdi. 

"Mana bu insoniylik! Emine Erdo‘g‘anning mehr-muhabbati va samimiyligi oldida bosh egaman".

"Qanday ajoyib ayol! O‘z mavqeiga qaramay, kimningdir onasining qo‘lini o‘pmoqda".

"Ushbu surat Emine xonimning yulduzlik kasaliga chalinmagani, uning mehribon va ochiq qalbli inson ekani, shuningdek uning Turkiya birinchi xonimi nomiga munosib ekanini yaqqol namoyish etadi".

Emine Erdo‘g‘anning Qozog‘istonda tushgan boshqa suratlari ham foydalanuvchilarning e'tiboridan chetda qolmadi. 

Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Foto: Tengrinews
Mavzuga oid
Top