16:42 / 12.09.2017
5358

O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon chempionatiga jo‘nab ketdi

15-17 sentabr kunlari Italiyaning Rimini shahrida W.A.S.C.O yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida 11-Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Taekvondo-do ITF milliy assotsiatsiyasi jamoasi ham ushbu turnirda ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Jami 64 kishidan iborat delegatsiyaga Laziz Hasanov boshchilik qiladi, u Italiyaga 54 nafar sportchi bilan yo‘l olgan.

 

Top