Apple kompaniyasi 12 sentabr kuni uch yangi iPhone qurilmasini namoyish etdi: yubiley hoshiyasiz iPhone X va avvalgilariga nisbatan yangilangan iPhone 8 va 8 Plus. Shuningdek Apple uyali tarmoqlarga ulanuvchi uchinchi avlod Apple Watch soatlari va 4K hamda HDR'ni qo'llab-quvvatlovchi Apple TV pristavkasini taqdim etdi. 

Tahlilchilarning prognozlariga ko'ra, mahsulotlar kompaniyada "superdavr"ni yo'lga qo'yishlari kerak bo'ladi. Bu iPhone'dagi innovatsion yangilanishlar natijasida yuzaga keladigan salohiyatli rekord sotuvlar yilidir. Natijada Apple 1 trillion dollardan oshiq kapitalizatsiyaga baholanuvchi birinchi kompaniyaga aylanishi ehtimoldan xoli emas. Gap faqat namoyish qilingan yangi iPhone modellari Apple aksiyalari bahosini oshira olish yo olmasligida. 

Kutilganidek, Apple kompaniyasi iPhone narxlari borasida kamtarlik qilmadi. AQShda sakkizinchi iPhone narxlari  — 699 dollardan 849 dollargacha, 8 Plus — 799 dollardan 949 dollargacha (xotira hajmiga qarab). Noyabr oyida sotuvga chiquvchi premium toifali iPhone X narxlari undan-da qimmatga tushadi - 999 dollardan 1149 dollargacha.