09:14 / 13.09.2017
5539

BAA myanmalik qochqinlarga insonparvarlik yordami jo‘natdi

BAA Myanmadan Bangladeshga o‘tib olgan qochqinlar uchun tezkor insonparvarlik yordami yubordi. Uning qiymati 700 ming dollardan ortiq, deb xabar bermoqda WAM agentligi.

Insonparvarlik yordami BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri shayx Muhammad bin Rashid Al Maktumning buyrug‘iga ko‘ra yuborildi.

Gumanitar yuklarga ega samolyotni jo‘natish ishlari BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Agentligi tomonidan olib borildi. Xabar qilinishicha, yuk 1671 oiladan bo‘lgan 8355 qochqin o‘rtasida taqsimlanadi.

Avvalroq O‘zbekiston Myanmadagi rohingyalarga gumanitar yordam ko‘rsatishi xabar berilgandi.

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top