08:46 / 13.09.2017
3296

Disney “Yulduzli janglar” filmining ekranlarga chiqishini boshqa sanaga ko‘chirdi

Disney kompaniyasi “Yulduzli janglar” filmining 9-qismi ekranlarga chiqishi 7 oyga ortga surilishini ma'lum qildi. Bu haqda Variety nashri xabar bermoqda. 

Avval film 2019 yil 24 mayida ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgandi. Endi esa bu sana 2019 yil 20 dekabrga ko‘chirildi. Buning sabablari ma'lum qilinmagan.

Nashrning ta'kidlashicha, Disney 2019 yil 24 mayga Gay Richining “Oloviddin” filmining ekranlarga chiqishini rejalashtirmoqda.

Avvalroq Lucasfilm kompaniyasi “Yulduzli janglar: Epizod IX” filmini rejissyor Jyey Jyey Abrams suratga olishini e'lon qilgandi. 

Mavzuga oid
Top