02:19 / 13.09.2017
13738

YeChL. «S» guruhi. «Chelsi» qaytishni bayramga aylantirdi

Foto: Twitter/ChelseaFC

Yevropa chempionlar ligasining 1-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv «S» guruhi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Bir yillik tanaffusdan so‘ng YeChLga qaytgan Londonning «Chelsi» klubi Antonio Konte boshchiligida YeChL debyutanti «Qorabog‘»ni qabul qildi va qaytishni bayramga aylantirib yubordi. Londonliklar Ozarboyjon klubi darvozasiga javobsiz oltita gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida «Roma» va «Atletiko» jamoalari o‘zaro durang qayd etishdi.

Natijada 1-turdan keyin «Chelsi» guruhda yetakchi bo‘lib oldi. «Atletiko» va «Roma» hisobida esa bir ochkodan bor. «Qorabog‘» birinchi turdanoq autsayder maqomini o‘ziga qabul qilib oldi.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
C Guruhi

Chelsi (Angliya) – Qorabog‘ Ozarboyjon 6:0 (2:0)
Gollar: Pedro (5), Dzappakosta (30), Aspilikueta (55), Bakayoko (71), Batshuayi (76, 82).
Chelsi: Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta (Ryudiger, 75), Villian, Kante (Bakayoko, 63), Pedro (Azar, 58), Fabregas, Dzappakosta, Batshuayi.
Qorabog‘: Shexich, Sadygov (Madatov, 70), Jyeznichak, Medvedev, Guseynov, Garayev (Diniyev, 70), Rishard, Michel, Gere, Pedro Enrike (Elyunussi, 77), Ndlovu.
Ogohlantirish: Keyxill (16).

Roma (Italiya) – Atletiko (Ispaniya) 0:0
Roma: Alisson, Manolas, Kolarov, Jyezus, Bruno Peres, Strotman, de Rossi, Nainggolan (Pellegrini, 79), Perotti, Defrel (Fasio, 68), Djyeko (El-Shaaravi, 89).
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Gabi (Ferreyra Karrasko, 62), Parti, Saul, Grizmann (Gaytan, 79), Vetto (Korrea, 58).
Ogohlantirish: Perotti (71).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top