23:09 / 13.09.2017
14662

Gvardiola tavakkal qildi, Ronaldu qaytdi. YeChL 2-kun uchrashuvlari tarkiblari

Foto: Twitter/RealMadrid

Yevropa chempionalar ligasining guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasidagi ikkinchi kun uchrashuvlarida ishtirok etadigan futbolchilar nomi ma'lum bo‘ldi. 

Unga ko‘ra, uch kun oldin qo‘rqinchli jarohat olgan «Manchester Siti» darvozaboni Ederson sakkizta joyiga chok tushganiga qaramay uchrashuvni asosiy tarkibda boshlaydigan bo‘ldi.

Boshqa juftliklarda jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari quyidagicha ko‘rinish olganini ko‘rishimiz mumkin.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
F guruhi

Feyyenoord (Niderlandiya) – Manchester Siti (Angliya)
Feyyenoord: Jons, Nelom, van der Heyden, Sen-Jyust, Bottegin, Trindade, Amrabat, Boetiyus, El-Axmadi, Bergeys, Kramer.
Manchester Siti: Ederson, Stounz, Uoker, Otamendi, Mendi, Fernandino, Silva, de Bryuyne, Bernardu Silva, Aguero, Gabriel Jyezus.

Shaxtyor (Ukraina) – Napoli (Italiya)
Shaxtyor: Pyatov, Ordets, Ismaili, Srna, Rakitskiy, Fred, Stepanenko, Tayson, Marlos, Bernard, Ferreyra.
Napoli: Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamshik, Diavara, Kalexon, Zelinski, Insine, Milik.

G guruhi

RB Leyptsig (Germaniya) – Monako (Monako)
RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Xalstenberg, Klostermann, Upamekano, Zabittser, Demme, Ilzanker, Forsberg, Poulsen, Verner.
Monako: Benalo, Jyemerson, Glik, Jorjye, Sidibe, Tilemans, Moutinyu, Diakabi, Fabino, Ture, Falkao.

Portu (Portugaliya) – Beshiktosh (Turkiya)

H guruhi
Real Madrid (Ispaniya) – APOEL (Kipr)

Real Madrid: Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl, Ronaldu.
APOEL: Vaterman, Rueda, Lago, Vuros, Karlao, Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis, Shallai, Ebesilio, de Kamargo.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top