08:24 / 13.09.2017
4434

Xoup Xiks Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori lavozimiga tasdiqlandi

Foto: AP

Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq matbuot kotibi Xoup Xiksni kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori lavozimiga tasdiqladi. Bu haqda Oq uy xabarida aytilgan. 

Xiks ushbu lavozimni vaqtinchalik asosda bajarib kelayotgandi, Tramp esa uni bu lavozimga doimiy asosda tayinlashni rejalashtirayotgandi. Xiks bu lavozimda Entoni Skaramuchchi o‘rnini egallagandi. Skaramuchchi bu lavozimni bor-yo‘g‘i 10 kun egallagandan keyin iste'foga chiqarilgandi.

Shuningdek, Raj Shox Tramp matbuot kotibi Sara Sandersning o‘rinbosari lavozimiga, Mersedes Shlepp esa Trampning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha yordamchisi va katta maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. Stiven Chun esa prezidentning maxsus yordamchisi va strategik javob berish bo‘yicha direktor etib tayinlangan. 
  
Joriy yilning yanvarida hokimiyatga kelgan Tramp ma'muriyatida xodimlarning o‘zgartirilishi odatiy tusga aylandi. Tramp 8 oy ichida muhim lavozimlarni egallaganlarni (Oq uy apparati boshlig‘i, Oq uy matbuot kotibi, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi) almashtirgan.  

Mavzuga oid
Top