09:38 / 13.09.2017
6266

Indoneziya myanmalik musulmonlarga 34 tonna gumanitar yordam yubordi

Indoneziya Bangladeshga 34 tonna insonparvarlik yordamlari ortilgan 4 samolyotni yubordi. Ular Myanmadan ushbu mamlakatga qochib o‘tgan rohingya musulmonlariga taqdim etiladi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Shu bilan birga, Indoneziya prezidenti Joko Vidodo rohingya musulmonlariga qarshi zo‘ravonliklarga barham berishga chaqirib, qochqinlarga sezilarli insonparvarlik yordami ko‘rsatishga va'da berdi. 

Vidodo matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, samolyotlar bortida guruch, tezpishar ovqatlar, chaylalar va issiq ko‘rpalar bor. 

Avvalroq, BAA myanmalik musulmon qochqinlarga 700 ming dollardan ortiq qiymatdagi gumanitar yordam yuborgani aytilgandi. 

Mavzu
Myanma fojialari

O‘tib borayotgan hafta davomida Myanmada istiqomat qiluvchi kam sonli rohingya jamoalari yashaydigan 2,600 dan ortiq uylarga o‘t qo‘yildi.

Barchasi
Top