12:46 / 13.09.2017
14747

«Manchester Yunayted»da muammolar boshlandi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Bazel» ustidan qozonilgan yirik hisobdagi (3:0) g‘alabadan keyin jamoa yarimhimoyachisi Pol Pogbaning holati yuzasidan ma'lumot berdi.

Frantsuz futbolchisi uchrashuvning 19-daqiqasida Maruan Fellayniga almashtirilgandi.

«U qancha vaqt davomida maydonga tusha olmasligini bilmayman. Uning mushaklarida muammo paydo bo‘ldi. Tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bunday jarohatdan keyin tiklanib safga qaytish uchun bir necha hafta kerak bo‘ladi», — degan Mourino.

Top