Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentabr kuni davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma`lum qilgan.

Nazarboyev Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, prezidentlar ikki tomonlama munosabat istiqbollarini muhokama etishadi. 

Qo'shni davlat rahbari 16-17 sentabr kunlari O'zbekistonda bo'ladi, 17 sentabr kunining ikkinchi yarmida Turkmanistonga yo'l oladi. U Turkmanistonda V Osiyo o'yinlari ochilish marosimida ishtirok etishni rejalashtirgan.