20:41 / 13.09.2017
9061

OAV: Myanma chegarasidan o‘tishda yuzdan ko‘proq rohingya qochqini halok bo‘lgan

Foto: AP Photo / Bernat Armangue

Avgust oxiridan Myanmaning Rokhayn shtatidan kamida 102 qochqin Bangladesh chegarasini kesib o‘tishda halok bo‘lgan. Bu haqda bdnews24 yangiliklar portali xabar bermoqda. 

Ularning barchasi Bangladesh va Myanma chegarasining bir qismini tashkil qiluvchi Naf daryosini kechib o‘tishda halok bo‘lganlar. Rohingya qochqinlari daryodan qayiqlarda kechib o‘tishga harakat qilmoqdalar, biroq qayiqning yomon holatdaligi va ortiqcha yuklanib yuborilgani sababli ag‘darilib, cho‘kib ketadilar. 25 avgustdan boshlab bunday falokatlar haqida deyarli har kun xabar qilingan.

13 sentabrda Bangladeshning Koks Bazar okrugi politsiyasi vakili Maynuddin Xon yana 7 jasad aniqlangani ma'lum qilgandi.  

Top