Olmaota shahrida politsiya xodimlari O'zbekistonning 29 yoshli fuqarosini o'zi birga yashagan ayolning ikki farzandini o'ldirganlikda gumonlab, qo'lga olishdi. Bu haqda Zakon.kz shahar ichki ishlar departamentiga asosan xabar bermoqda.

«Ayni damda qator protsessual va tergov tadbirlari o'tkazilmoqda, ular jinoyatga nima sabab bo'lgani hamda u qanday amalga oshirilganini aniqlashga qaratilgan. Sudga qadar ish yurituvi doirasida tegishli ekspertizalar hamda boshqa tadqiqotlar o'tkaziladi, ular tergov to'liq, barcha tomonlama va ob`yektiv o'tkazilishini ta`minlaydi. Shu bilan birga, hozirda o'zi birga yashagan erkak bilan birgalikda qo'lga olingan ayol – bolalarning onasi so'roq qilinmoqda. Ta`kidlab o'tish lozim, kuni kecha ayol bedarak yo'qolgan shaxs sifatida qidiruvga berilgandi», - deya xabar qilgan Olmaota shahri Ichki ishlar departamentining Tergov boshqarmasi boshlig'i, politsiya podpolkovnigi Rustam Abdrahmanov.

Shuningdek, xabar qilinishicha, politsiya fuqaro V.ning katta farzandi qayerda ekanini aniqlagan, u tekshiruvlarni o'tkazish maqsadida tibbiy muassasaga olib kelindi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Olmaotadagi xonadonlardan biridagi muzlatgichdan ikki nafar bolaning jasadi topilgani xabar berilgandi.