14:29 / 13.09.2017
15820

OAV: Rossiya qamoqxonalari rahbarining o‘rinbosari ushlandi

Foto: Kommersant'

Moskvada Jazoni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari Oleg Korshunov qo‘lga olindi, deb yozmoqda Fontanka.ru. Nashrga ko‘ra, FXX uning uyida tintuv o‘tkazgan.
 
«13 sentabr kuni 6:30 ga yaqin Rossiya FXX «M» xizmati tezkor xodimlari Jazolarni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari, Rossiyaning 2-tasnifdagi amaldagi davlat maslahatchisi, (adliya general-leytenanti) Oleg Korshunovning Moskvadagi uyiga kelgan. Ular JKning 160-moddasi, ya'ni o‘zlashtirish yoki talon-taroj etishga doir jinoiy ish bo‘yicha tintuv ishlarini o‘tkazishdi», — deb yozadi nashr. 

«Interfaks»ning yozishicha, Korshunov nafaqaga chiqishni rejalashtirgan, ayni vaqtda u mehnat ta'tilida bo‘lgan. 

Top