Sirdaryo viloyat prokuraturasi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev o'tgan oy oxirida tumandagi maktablar direktorlarini do'pposlagani aks etgan video bo'yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda «Kun.uz» nashriga O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma`lum qildi.

«12.09.2017 yilda «kun.uz» saytida joylashtirilgan Sayxunobod tumani hokimining harakatlari haqidagi videomaterialda ko'rsatilgan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv o'tkazilmoqda.

Tekshiruvning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyilgan Bosh prokuratura xabarida.

Video: Hokim maktab direktorlarini urdi

12 sentabr kuni Kun.uz sayti Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida ro'y bergan hodisa videosini e`lon qildi. Unda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudovich Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yig'ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangandi.  Tuman hokimining so'zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o'qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan.

Mushtumzo'r hokimga qonunlarimiz nima deydi?