08:49 / 13.09.2017
9507

Rashford o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Rashford YeChL guruh bosqichining «Bazel»ga qarshi kechgan o‘z debyut o‘yinida (3:0) bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 19 yoshli futbolchi 84-daqiqada to‘pni darvoza to‘riga aniq joylab, bahsdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa, YeChL angliyalik futbolchi uchun o‘zining ilk uchrashuvidayoq gol urgan oltinchi musobaqaga aylandi. Avval Rashford Yevropa ligasi, Angliya chempionati, Angliya liga kubogi, shuningdek, Angliya yoshlar va asosiy terma jamoasi safidagi ilk o‘yinlarida gol urgandi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top