Toshkent viloyati sudining jinoiy ishlar bo'yicha sud hay`ati og'ir ko'rinishda qotillik sodir etganlikda aybdor deb topilgan Shavkatjon Mahkamovni umrbod ozodlikdan mahrum etish orqali jazoladi. Bu haqda viloyat prokuraturasida ma`lum qilingan.

Ish materiallariga ko'ra, avval uch marta sudlangan, 1981 yilda tug'ilgan Mahkamov Yuqorichirchiq tumanida yashovchi shaxsning uyida yollanma ishchi sifatida ishlab, avvaldan o'ylangan reja asosida 15 aprelda pichoq bilan qurollangan holda uy egasi va uning rafiqasini beshafqatlik bilan o'ldirgan.

Foto: tvp.uz

Qotil juftlikka tegishli 82 ming dollar va 7 mln so'm pul, 18 mln so'mlik turli buyumlar va Shevrolet Spark avtomobilini o'g'irlab, voqea joyidan g'oyib bo'lgan. U 17 aprelda ashyoviy dalillar bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomondan qo'lga olingan.

Sud qaroriga ko'ra, Mahkamov qotilliklar sodir etish, avtotransport  vositasini olib qochish va boshqa og'ir jinoyatlarda aybdor deb topilib, umrbod ozodlikdan mahrum etildi.

Foto: tvp.uz
Foto: tvp.uz