Yo'l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish kameralari Toshkentning yana 280 chorrahasida o'rnatiladi, deb yozmoqda Carzone.uz IIV vakiliga asosan.

IIV vakili aytishiga qaraganda, yaqinda O'zbekistonda videoqayd kameralari o'rnatishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.

«Kameralar o'rnatishning ikkinchi bosqichi «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida taxminan ikki yil davomida amalga oshiriladi. Ushbu davr mobaynida kameralar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi», — degan vazirlik vakili.

Uning so'zlariga ko'ra, kelajakda kameralar kiritish tizimi nafaqat kengaytirib, balki, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida, yanada takomillashtirib ham boriladi.

«Bizning xodimlar bir necha xorijiy mamlakatlarda bo'lishdi. Masalan Xitoyda kameralar qoidabuzarlikning 10ga yaqin turini aniqlash imkoniga ega. Toshkentda esa bugungi kunda kameralar faqat 2 turdagi qoidabuzarlikni aniqlamoqda: tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o'tib ketish. Ushbu yo'nalishda ham ishlaymiz» — degan IIV vakili.

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda Toshkentda kameralar har kuni 700 tadan dan 1000 tagacha qoidabuzarliklarni aniqlamoqda. Kameralar tomonidan qayd qilingan qoidabuzarliklar 3 kun ichida rasmiylashtirib, pochta orqali avtoulov egasiga yuboriladi. Agar avtomobil yuridik shaxs nomida bo'lsa, firma direktoriga yuboriladi.

Avtoulov egasi jarimani 2 oy ichida to'lashi shart, aks holda 61-kuni avtomobil jarima maydonchasiga joylashtiriladi. Yo'l harakati xavfsizligi noziri tomonidan yozib berilgan jarimalarni to'lash uchun bir oy muddat beriladi.