18:03 / 13.09.2017
23245

O‘zbekiston Jahon fuqarolik indeksida 116-o‘rinda

Foto: KUN.UZ

Shveytsariyaning Henley & Partners kompaniyasi har yili  Jahon fuqarolik indeksini taqdim etadi. Navbatdagi reytingda O‘zbekiston 26,8 foiz bilan 116-o‘rinni egalladi. Kompaniya saytida shu haqida ma'lum qilindi

Reytingni tuzishda mamlakat iqtisodiyoti, insoniylik salohiyatining rivojlanish darajasi, jamoatchilik tartibi va barqarorlik, qisqa muddatli vizasiz safarlarni amalga oshirish va xorijda vizasiz yashash imkoni va boshqa ko‘rsatkichlar inobatga olinadi. 

Reytingga ko‘ra, Germaniya bu borada yetakchilikni qo‘lga kiritdi - u 2017 yilda 82,7 foiz yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ta'kidlash joizki, reytingning yuqori qismini Yevropa mamlakatlari band qilgan. AQSh 29-o‘rinda 68,8 foiz ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

Qozog‘iston 85-o‘rin, Ozarboyjon - 107-o‘rin, Qirg‘iziston 110-o‘rinda, Tojikiston 121-o‘rinda qayd etilgan. 

Ro‘yxatni Janubiy Afrika respublikasi (JAR) va Afg‘oniston yakunlaydi. 

 

Top