O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 iyul kunidagi “Toshkent shahridagi bolalar buyumlari va o'yinchoqlarni zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” Farmonini ijrosini ta`minlash maqsadida “O'zmilliybank” tomonidan umumiy qiymati  23.0 mln. AQSh dollari bo'lgan beshta loyiha amalga oshiriladi.

Sobiq “Tashigrushka” fabrikasining 2,8 ga yerga ega bo'lgan va bo'sh turgan maydonida 700 xil turdagi plastmassa, yumshoq, bolalar ongini rivojlantiruvchi, mexanik, boshqariluvchi va boshqa bolalar buyumlari hamda o'yinchoqlarni ishlab chiqarish klasteri tashkil qilinadi.

Mazkur ob`yekt loyihalari quvvati yillik 7 mln. dona o'yinchoqlar, shundan 80 foizlik qismi eksportga yo'naltiriladi.

Loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 950ga yaqin ishchi o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan.

Klaster ob`yektlaridan biri yangi tashkil etilgan “TASHKENT SANHE TOY” O'zbek - Xitoy  qo'shma korxonasi hisoblanadi. Ushbu fabrika 12 ming kv.m. ega bo'lgan bino hududida 200 xildan ortiq yillik 2.2 mln. dona yumshoq o'yinchoqlar ishlab chiqariladi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 450 ishchi o'rni yaratilishi ko'zda tutilgan.

Fabrikani 2018 yil mart oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.