09:51 / 13.09.2017
4174

Venesuela hukumati qurolli to‘qnashuv vaqtida 11 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi

Foto: Reuters

Venesuela hukumati jangarilar harbiy konvoyga hujum qilgani haqida xabar berdi. Hodisa oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Associated Press ma'lum qilmoqda.

Xabar qilinishicha, qurollangan shaxslar Bolivar viloyatining sharqiy qismida xizmat olib borayotgan harbiylarga hujum qilgan. Hujum uyushtirganlardan 11 nafari yo‘q qilindi, bir harbiy jarohat olgan.

Avvalroq Venesuela Yevropaning 4 davlatidan darg‘azab ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top