08:36 / 14.09.2017
7437

Amerikalik jurnalist Larri King saratonni yenggani haqida so‘zlab berdi

Foto: RIA «Novosti»

Amerikalik mashhur jurnalist Larri King o‘pka saratonini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani boshdan o‘tkazganini va ayni vaqtda sog‘lom ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda US Weekly jurnali yozmoqda.

King jurnalga bergan intervyusida shifokorlar unda erta bosqichdagi o‘pka saratonini aniqlashganini va u Los-Anjyelesdagi klinikalardan birida operatsiya qilingani haqida so‘zlab berdi.

“Menga ko‘krak qafasimning oxirgi rentgen suratini ko‘rsatishdi va u toza bo‘lgan. Avval dog‘ bo‘lgan joyda hozirda hech narsa yo‘qligini ko‘rish zavqli bo‘ldi”, deb aytgan King. Jurnalistning aytishicha, uning o‘pkasining 20 foizi olib tashlangan.

Ta'kidlanishicha, 83 yoshli jurnalist operatsiyadan bor-yo‘g‘i ikki hafta o‘tgach sevimli ishiga qayta olgan. 

King Larry King Now teleshousini va RT telekanalida PoliticKING dasturini olib boradi.

Mavzuga oid
Top