16:18 / 14.09.2017
8689

Chorvoq suv ombori yaqinida aniqlangan noqonuniy chiqindixonaga barham berildi

Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Vera Grigorevna tomonidan Chorvoq suv omborining uzoq qirg‘og‘ida joylashgan ikki tepalik orasidagi bo‘sh yerda paydo bo‘lgan noqonuniy axlatxona 300 metrga yoyilib yotgani, shamol har kuni ushbu chiqindilarni yanada kengroq masofaga yoyib yuborayotgani haqida xabar berilgan edi.

Mazkur muammoga operativ tarzda yondashilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan barham berildi. 

Xususan, inspeksiya xodimlari tomonidan Chorvoq suv omborining uzoq qirg‘og‘ida joylashgan ikki tepalik orasidagi ruxsat etilmagan (noqonuniy) chiqindi obekti to‘liq tozalandi.

Top