03:06 / 14.09.2017
15955

YeChL. «N» guruhi. «Tottenhem» tavqi la'natdan qutuldi. «Real» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa chempionlar ligasining so‘nggi guruhi «N» guruhida nisbatan kuchliroq jamoalar yig‘ilgani bashorat qilingandi. Birinchi turdagi natijalari buni tasdiqladi. 

«Real» guruhdagi birgina autsayder APOELni Ronalduning dubli va Ramosning chiroyli goli evaziga yirik hisobda yenggan bo‘lsa, «Tottenhem» nihoyat «Uembli»da ham yaxshi futbol ko‘rsata olishini isbotlab, «Borussiya»dan ishonchli tarzda ustun keldi. Uchrashuvda Harri Keyn dublga erishganini ta'kidlab o‘tish joiz.

Yevropa chempionlar ligasi, 1-tur
H guruhi

Real Madrid (Ispaniya) – APOEL (Kipr) 3:0 (1:0)
Gollar:
 Ronaldu (12, 51, penalti), Ramos (61).
Real Madrid: Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kovachich (Kroos, 25), Kazemiro, Isko (Sebalos, 72), Modrich, Beyl (Mayoral, 82), Ronaldu.
APOEL: Vaterman, Rueda, Lago, Vuros, Karlao, Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis, Shallai (Farias, 60), Ebesilio (Zaxid, 73), de Kamargo (Pote, 83).
Ogohlantirishlar: Karvaxal (52), Shallai (53), Ebesilio (63), Farias (90).

Tottenhem (Angliya) – Borussiya D (Germaniya) 3:1 (2:1)
Gollar:
 Son Hyong Min (4), Keyn (15, 60) – Yarmolenko (11).
Tottenhem: Loris, Sanches, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Dayyer, Dembele, Eriksen, Ore, Keyn (Lorente, 87), Son Hyong Min (Sissoko, 83).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos, Tolyan, Pishchek, Toprak (Zagadu, 80), Kagava (Gyottse, 66), Shaxin, Pulishich, Daud (Kastro, 72), Yarmolenko, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Dayyer (36), Vertongen (58), Tolyan (88), Kastro (90).
Chetlatish: Vertongen (90+2, Tottenhem).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top