22:57 / 14.09.2017
3638

Xitoydagi konda portlash sodir bo‘lishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Xitoydagi konda portlash sodir bo‘lishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Fojia Xeyluntszyan viloyatida yuz bergan, deb xabar bermoqda China Daily nashri.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, portlash Tszidun okrugidagi Yuyxen konida soat 14.40larda 17 konchi yer ostida ishlayotganda sodir bo‘lgan. Ulardan 8 nafari qutqarib olinib, shifoxonaga yetkazilgan. Biroq 9 konchi yer ostida halok bo‘lgan va ularning jasadlari yuqoriga olib chiqilgan.

Ushbu holat yuzasidan tergov boshlab yuborilgan.

Top