15:35 / 14.09.2017
7939

“LXR” AQShga tinchlikparvar kuchlarni Avstriya va Avstraliya chegarasida joylashtirishni taklif qildi

Foto: RIA "Novosti"

“Lugansk xalq respublikasi”ning Minskdagi muzokaralarda vakolatli vakili bo‘lgan Vladislav Deynego Rossiya bilan chegarada tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishga qarshi chiqdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

«Bizning Rossiya bilan chegaramizda BMT tinchlikparvar kuchlari bo‘lmaydi. Bizda bu chegarada muammolar yo‘q. Men ularga tinchlikparvarlarni Avstriya va Avstraliya chegarasida joylashtirishni taklif qilaman. Biryo‘la geografiyani ham o‘rganib olishadi», - dedi Deynego.

Avvalroq AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyert BMT tinchlikparvar kuchlarining Ukrainadagi mojaro hududida paydo bo‘lishi, mamlakat suverenitetini tiklashga yordam berishi haqida ma'lum qilgandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa AQSh haqida gapirar ekan, Avstriyani Avstraliya bilan adashtiradigan kishilar bilan muloqot qilish mushkulligi haqida aytgandi.

 

Mavzuga oid
Top