20:50 / 14.09.2017
7829

“Ma'naviyat va muloqot mezonlari” mavzusida turkum kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: Soglom.uz

2017 yil  12 sentabr kuni “Kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy savdo majmuasida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimboy Jumaniyozovning “Ma'naviyat va muloqot mezonlari” mavzusidagi turkum kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Kitob olami” ma'naviy-ma'rifiy savdo majmuasi, “Notiqlik” nodavlat ta'lim muassasasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti va Toshkent viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etildi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda filologiya fanlari nomzodi, dotsent To‘lqin Eshbek, filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos
Shuhrat Rizayev, yuridik fanlari doktori, professor Gulchehra Matkarimova, oliy toifali suxandonlar Dilsora Boboxonova, Tuhfaxon Ahmedova, Farhod Bobojonov, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ne'matjon Polvonov, filologiya fanlari nomzodi, professor Sultonmurod Olim va boshqalar ishtirok etdi.
 
Qayd etilishicha, xalq qalbiga quloq solish, uning ehtiyojini qondirish, manfaatlarini qoplash yo‘lida qilinayotgan ezgu maqsad yo‘lida, “Xalq qabulxonalari”ning ishga tushirilishida, insonlararo muloqot va muomala madaniyatida nutqiy mahorat va notiqlik san'ati suvdek, havodek zarur. Muloqot nutq bilan, muomala xulq bilan ekani Rahimboy Jumaniyozovning yuqoridagi kitoblarida aks etgan.

Mavzuga oid
Top