13:30 / 14.09.2017
32156

Marg‘ilonda 2 tonnalik osh tayyorlashmoqchi

Marg‘ilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Turizm kompaniyalari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu yil 120dan ziyod sayyohlar mazkur festivalni ko‘rish, hunarmandlarning maxsulotlaridan sotib olish maqsadida shaharga tashrif buyurishi kutilmoqda. 

Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqeilik 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari o‘rtasida shaxsiy rekordini o‘rnatish maqsadida 2 tonnalik osh pishirishga tayyorlanmoqda. Bu ishda unga 20 nafarga yaqin havaskor oshpazlar yordamchilik qilishadi. Palovni tayyorlash uchun Marg‘ilon shahri hokimligi tomonidan katta o‘choq tayyorlandi, shuningdek, oshpaz o‘zining shaxsiy rekordi uchun maxsus qozon ham tayyorlatgan. Festivalga 60dan ziyod xorijiy hamkorlar tashrif buyuradi.

Oshpaz Muhammadali Hayitboyev tomonidan tayyorlanadigan oshni totib ko‘rish hamda unga baho berish, oshni tarozi orqali tortib ko‘rish uchun ham xorijlik ekspertlar ma'sul etib tayinlangan.

Marg‘ilondagi 2 tonnalik oshning ta'mi qanday bo‘ladi? Yosh oshpaz o‘zining shaxsiy rekordini qay darajada uddalaydi? Barchasiga 15 sentabr kuni guvoh bo‘lamiz.

Ahror Ziyo, Farg‘ona

Mavzuga oid
Top