08:23 / 14.09.2017
9222

OAV: KXDR yangi raketa sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Foto: Reuters

Amerika razvedkasi KXDRda yangi raketa sinoviga tayyorgarlik ketayotganini aniqladi. Bu haqda NBC News uch nafar yuqori lavozimli harbiy manbaga asosan xabar bermoqda.

«Shimoliy Koreyada so‘nggi 48 soat davomida mobil uchirish qurilmalari boshqa yerga olib o‘tilayotgani hamda uchirish maydonchalarida tayyorgarlik ketayotgani aniqlandi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, KXDR tomonidan 3 sentabr kuni sinovdan o‘tkazilgan yadro zaryadi kuchi 250 kilotonnani tashkil etgani ma'lum qilingandi.

Top