Prezident «Polsha Respublikasi turistlari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.
Norma.uz’ning yozishicha, kelasi yilning boshidan O‘zbekistonga sayyoh sifatida tashrif buyurayotgan Polsha fuqarolariga 30 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kirish vizalari 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi. Hujjatlarni qabul qilish kuni ushbu muddatga kiritilmaydi.
Shuningdek, ular uchun sayyohlik vaucherlari va respublika turistik tashkilotlarining taklifnomalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. E'lon qilingan hujjatda TIVga tegishli topshiriq keltirilgan.
Polshalik sayyohlarga viza berish soddalashtirildi
Mavzuga oid