14:20 / 14.09.2017
12608

Ronaldu, Messi, Keyn yoki Neymar. YeChLda eng yaxshi bo‘lishga da'vogarlar aniq bo‘ldi

UYeFA rasmiy sayti Yevropa chempionlar ligasining 1-turida eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun da'vogarlar nomini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, sakkiz nafar nomzod futbolchilar ro‘yxatidan yarimhimoyachilar Xames Rodriges («Bavariya») va Tayson («Shaxtyor»), shuningdek hujumchilar Romelu Lukaku («Manchester Yunayted»), Neymar («PSJ»), Lionel Messi («Barselona»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Krishtianu Ronaldu («Real») va Harri Keyn («Tottenhem») joy olgan

«Feyyenoord»ga qarshi uchrashuvda (4:0) dubl qayd etgan «Manchester Siti» himoyachisi Jon Stounz kutilmaganda da'vogarlar ro‘yxatiga ham kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi muxlislar bergan ovoz natijalariga ko‘ra, aniqlanadi.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top