08:43 / 14.09.2017
4616

Tokio yaqinida zilzila yuz berdi

Illyustrativ foto

Yaponiya poytaxti Tokio shahridan uncha uzoq bo‘lmagan yerda 4,6 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Reuters Yaponiya meteorologiya boshqarmasiga asosan xabar qilmoqda.

Yer silkinishi markazi Tokio bilan qo‘shni bo‘lgan Saytama prefekturasida qayd qilingan. Uning o‘chog‘i 50 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 09.27 (Toshkent vaqti bilan 05.27)da yuz bergan. Hozirgi paytda vayronagarchiliklar va sunami xavfi haqida xabarlar yo‘q. 

Top