20:35 / 15.09.2017
13363

Aktrisa Jyennifer Lourens faoliyatida tanaffus olishini ma'lum qildi

Foto: Latest News

“Oskar” mukofoti sovrindori, aktrisa Jyennifer Lourens aktyorlik faoliyatida ikki yillik tanaffus olishini ma'lum qildi. Bu haqda People nashri xabar bermoqda. 

Yaqinda Lourens ishtirokidagi “Ona!” filmi chiqqandi. Shuningdek, aktrisa bosh rol o‘ynagan “Qizil chumchuq” filmining treyleri taqdim qilindi. 

Endilikda “Och o‘yinlar” filmi yulduzi 2 yilga tanaffus olishini ma'lum qilmoqda.

27 yoshli aktrisa bo‘sh vaqtida nima bilan shug‘ullanishiga aniqlik kiritmagan, biroq ehtimol kulolchilik bilan shug‘ullanishi mumkinligini aytib hazillashgan.

Mavzuga oid
Top