10:03 / 15.09.2017
6458

Qirg‘iziston janubida yirik YTH, 6 kishi halok bo‘ldi

Qirg‘iziston janubida uch avtomobil ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda respublika FVVdan xabar qilishgan.

«Payshanba kuni soat 22:00da Bishkek-O‘sh avtomobil yo‘lining 480-kilometrida uch avtomobil – ikkita Audi va bitta Hyundai Porter yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Natijada besh kishi voqea joyida halok bo‘ldi, yana bir inson shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Halok bo‘lganlarning barchasi yengil avtomobillarda bo‘lgan», - deya favqulodda xizmat vakilining so‘zlarini keltiradi Interfaks.

Uning ta'kidlashicha, haydovchilar aybi darajasi tegishli ekspertizadan so‘ng aniqlanadi.

Top