18:02 / 15.09.2017
6594

Nukusda eski bozor binosi o‘rnida yangi sport kompleksi qurildi

Foto: Kruz.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan safarida qarovsiz qolib ketgan avvalgi "Oydin yo‘l" bozori binosini sport kompleksiga aylantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.  Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligi xabar bermoqda. 

Umumiy bahosi 15 milliard so‘m bo‘lgan Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabining binosi foydalanishga topshirildi. 

Yangidan ochilgan bu sport kompleksida respublika yoshlari sportning 11 turi, ya'ni erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo, karate-do, taekvondo, boks, og‘ir atletika, qilichbozlik, belbog‘li kurash, o‘zbek jang san'ati bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega. 

Foto: Kruz.uz
Foto: Kruz.uz
Mavzuga oid
Top